Nest One loyihasi Toshkentning yuragida, jadal rivojlanayotgan Tashkent City hududida joylashgan. Ushbu lokatsiya nufuzli auditoriyasi va jahon darajasidagi mashhur loyihalar jamlanmasi bilan tanilgan. Yaqin atrofda Tashkent City Mall, Kongress markazi hamda Hilton, Fairmont va Holiday Inn kabi eng yaxshi mehmonxonalar joylashgan.